Fan-texnika | 08:23 / 04.12.2019
7803
2 daqiqa o‘qiladi

Google asoschilari Alphabet’dagi lavozimlarini tark etishga qaror qilishdi

Sergey Brin va Larri Peyj / Foto: EPA/BORIS ROESSLER

Google kompaniyasi asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj Alphabet xoldingidagi lavozimlarini tark etishlarini, xolding boshqaruvi esa Google bosh direktori Sundar Pichaiga o‘tishini ma'lum qilishdi. 

Peyj Google’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingida bosh direktor lavozimini, Brin esa prezident lavozimini egallagan. Endilikda Pichai Google va Alphabet’ga rahbarlik qiladi. Peyj va Brin esa xoldingda direktorlar kengashi a'zolari sifatida ishlashni davom ettirishadi. 

Peyj va Brin xolding boshqaruvidan ketishlarini kompaniya menejmenti tizimini soddalashtirish istagi bilan tushuntirishgan. 

Brin va Peyj Google qidiruv tizimiga 1998 yilda asos solishgan. 2015 yilda ular Alphabet xoldingini tashkil etishgan va uning ichiga Google va boshqa loyihalar kiritilgan. O‘shanda Google’ni Sundar Pichai boshqarishni boshlagan.

100 mingdan ko‘proq odam ishlaydigan Alphabet’ning 2018 yildagi daromadi 31 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid