Fan-texnika | 23:45 / 05.12.2019
14547
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 3D-printer yordamida 500 metrlik himoya devori qurildi

Foto: 3D PRINTING MEDIA NETWORK

Xitoyning Suchjou shahrida antiqa obekt – daryo bo‘yida toshqinlar vaqtida shaharni himoyalash uchun mo‘ljallangan 500 metrlik devor paydo bo‘ldi. Devorning antiqaligi shundaki, uning barcha elementlari 3D-printerda bosilgan. 

Devorni loyihalash va qurish bilan shug‘ullangan Winsun kompaniyasi uni qurish uchun 3D-bosmani bejizga tanlamagan, chunki u nafaqat materiallar va vaqtni tejashga, balki sohil chizig‘ini saqlab qolishga imkon bergan. Ta'kidlanishicha, devor an'anaviy ravishda qurilganda buning iloji bo‘lmasdi.

Mavzuga oid