Sport | 02:59 / 08.12.2019
10550
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus» Rimda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Foto: Twitter/Goal

Italiya A Seriyasining 15-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Yuventus» Rimda «Latsio» mehmoni bo‘ldi va mavsumda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. Garchi hisobni Turin jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ochgan bo‘lsa-da, mezbonlar kambek qilishga erishishdi. Luis Felipe, Milinkovich-Savich va Kaysedoning gollari rimliklarga 3 ochko keltirdi.  

G‘alabadan so‘ng «Latsio» ochkolarini 33taga yetkazib, «Yuventus» bilan oradagi farqni 3 ochkoga qisqartirib, 3-o‘rinda bormoqda. «Yuventus» esa 36 ochko bilan 2-o‘ringa joylashgan va peshqadam «Inter»dan 2 ochko ortda qolmoqda.

A Seriya, 15-tur

Latsio – Yuventus 3:1

7 dekabr, «Stadio Olimpiko»
Gollar: Luis Felipe (45+1), Milinkovich-Savich (74), Kaysedo (90+5) – Ronaldu (25).
Amalga oshirilmagan penalti: Immobile (79).
Latsio: Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Latssari, Lulich, Milinkovich-Savich (Kaysedo, 90+1), Leyva, Luis Alberto (Parolo, 75), Korrea, Immobile (Kataldi, 85). 
Yuventus: Shesni, Bonuchchi, de Ligt, Sandro, Matyuidi, Kuadrado, Bentankur (Jan, 41), Pyanich, Bernardeski (Danilo, 71), Ronaldu, Dibala (Iguain, 79).
Ogohlantirishlar: Luis Alberto (6), Pyanich (11), Dibala (37), Latssari (63), Shesni (77), Leyva (86).
Chetlatish: Kuadrado (69).

Mavzuga oid