Turkiya avstriyalik yozuvchi Xandkega Nobel mukofoti berilishiga qarshi chiqdi
Turkiya Bosniyadagi musulmonlar qatliomini rad etgan avstriyalik yozuvchi Peter Xandkega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berilishiga qarshi. Bu haqda Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin ma'lum qildi.
"Dushanba kuni Bosniyadagi qatliomni rad etgan va Serbiyaning birinchi prezidenti Slobodan Miloshevichning tarafdori bo‘lgan Peter Xandkega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti beriladi. Bu qaror bekor qilinishi lozim. Qanday qilib uyalish hissiga ega bo‘lmagan axloqsiz odamga mukofot berishingiz mumkin?" – deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.
Turkiya milliy mudofaa vazirligi ham bunga qarshi chiqdi.
"Biz har qanday ko‘ngilchan inson qalbiga jarohat beradigan bu tarixiy xatodan voz kechilishini kutmoqdamiz, Nobel mukofoti esa yana tanqid va muhokamalar nishoniga aylanmoqda", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunalning aniqlashicha, 1995 yil iyulda Srebrenitsa shahrida bosniyalik serblar armiyasi 7-8 ming atrofidagi bosniyalik musulmonlarni qirib tashlagan.
2007 yil fevralda Srebrenitsadagi qotilliklar BMT xalqaro sudi tomonidan qatliom deb tan olingan.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
17:10 / 25.11.2022