Rossiya 4 yilga Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlaridan chetlatildi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasi Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, bularga - Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi.
Xabarda aytilishicha, WADA Rossiya davlat xizmatlari va Rossiya olimpiya qo‘mitasi hamda Rossiya paralimpiya qo‘mitasi rahbariyatiga shunday taqiq joriy etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik sportchilar 4 yilga yirik xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilishi sabab bo‘ldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalashtirilishi haqida bormoqda.
Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga qo‘yiladi, biroq 2018 yil Pyongchangda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar. Rossiya bayrog‘i taqiq ostida bo‘ladi, g‘olib bo‘lgan sportchilar sharafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.
Bunday choralar nafaqat Olimpiya o‘yinlari, balki Paralimpiya o‘yinlari, o‘smirlar Olimpiadasi, jahon chempionatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Bu musobaqalarning rasmiy tadbirlarida Rossiyaning rasmiy shaxslari ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, rossiyaliklar turli qo‘mitalar va kengashlar tarkibiga kirishiga ruxsat berilmaydi.
Bundan oldin, Alisher Usmonov WADA’dan rossiyalik sportchilarni jazolamaslikni so‘ragandi.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30