Sport | 18:54 / 10.12.2019
12630
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

AQSh Adliya vazirligi 9 dekabr kuni Rossiyada o‘tkazilgan 2018 yilgi jahon chempionati mezbonini saylash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hisobotni e'lon qildi.

«2011 yil iyul oyida Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimi Kristofer Stil Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘rtasida bo‘lgan suhbat haqida hisobot bergan. 

Unda Putin rossiyalik oligarxlardan biri JCh-2018 mezbonligini qo‘lga kiritish uchun FIFA prezidentini pora evaziga og‘dirganini tan olgani haqidagi satrlar bor», — deb hisobotdan ma'lumot keltirmoqda Sky Spors.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yili FIFA prezidenti lavozimida Yozef Blatter ishlagan. Keyinchalik u korrupsiya tufayli futboldagi faoliyatdan chetlatilgan edi.

Mavzuga oid