O‘zbekiston | 20:20 / 11.12.2019
71906
3 daqiqa o‘qiladi

XDP vakili «eng korrupsiyalashgan» agentlik nomini aytdi

Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-shousining 10 dekabr kungi sonida ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya ta'minoti masalalari muhokama qilindi.

x6sI-fIsGgJYZuhWaqSwb9Uc6FwhAsns.jpg (1151×745)

Debat davomida O‘zLiDeP partiyasi vakili Xalq demokratik partiyasi vakillariga qarata «O‘zbekistonda mardikor sifatida ishlayotgan fuqarolarga mehnat staji yuritilishi va ularning sog‘lig‘i sug‘urtalanishi uchun nima ish qildingiz?» mazmunida savol berdi.

Savolga  Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov javob berdi.

«Avvalo, tashqi migratsiya borasida bir narsani ochiq aytay. Bu gapim uchun har qanday joyda javobimni bera olaman. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi eng korrupsiyalashgan organdir. Agentlikning rahbarlari ham korrupsionerlar.

Men chet elga shu agentlik orqali chiqib ketayotgan migrantlar haqida gapirmoqchiman. Bu agentlik o‘sha ketayotganlardan noqonuniy ravishda millionlab pul o‘maradi.

Endi siz bergan savol bo‘yicha, partiyamiz hozirda xalqaro tajribada sinalgan yo‘ldan boryapti. Biz yangi taklif bilan chiqyapmiz. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlovchi shirkatlar tashkil qilmoqchimiz. 

Tizim shunday bo‘ladiki, ishsiz fuqaro uyida o‘tirib biz ochgan shirkatga buyurtma beradi. Shirkat vakillari fuqaroga kunlik ish o‘rinlari haqida ma'lumot beradi. Masalan, bugun falonchi fermer xo‘jaligiga 50 nafar ishchi kerak, to‘lovi falon so‘m. 

Bu usul Isroilda muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.

Hozirgi tartib bo‘yicha mardikorlarning huquqlari biror norma bilan tartibga solinmagan. Biz taklif qilayotgan tartib o‘rnatilsa, fuqaroning huquqlari ham himoya qilinadi, pensiya ta'minoti ham yuritiladi», deya Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid