O‘zbekiston | 09:17 / 23.12.2019
7599
12 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish tartibi e'lon qilindi

Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash tartibi to‘g‘risida nizom loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, bir yo‘la beriladigan nafaqalar o‘ziga nisbatan belgilangan tartibda himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida qaror chiqarilgan jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga, himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda esa – halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a'zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga to‘lanadi.

Nafaqani tayinlash va to‘lash qoidalari

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a'zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, unga himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va nogironlik pensiyasi tayinlanadi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, unga himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, agar uning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar turli bir yo‘la beriladigan nafaqalar olish huquqiga ega bo‘lsa, bir yo‘la beriladigan nafaqalardan bittasi ularga o‘z tanloviga ko‘ra tayinlanadi.

Tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, bir vaqtning o‘zida turli bir yo‘la beriladigan nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lgan himoya qilinuvchi shaxslarga o‘z tanloviga ko‘ra bir yo‘la beriladigan nafaqalardan bittasi tayinlanadi.

Nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

Himoya qilinuvchi shaxsga (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, jinoyat to‘g‘risidagi ariza (xabar) yoxud jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qarori asos bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarishda himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan himoyani ta'minlash to‘g‘risida qaror chiqaruvchi organ himoya qilinuvchi shaxs (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq turli bir yo‘la beriladigan nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lsa, bir yo‘la beriladigan nafaqalardan birini tanlash xohish-irodasini inobatga oladi.

Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) belgilangan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashning asoslari, qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati ma'lumotlari ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) o‘ziga nisbatan mazkur qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga yuboriladi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a'zolariga (xotiniga (eriga), sakkiz yoshgacha yoki undan katta bolalarga, agar ular o‘n sakkiz yoshga yetguncha nogiron bo‘lib qolsa, shuningdek, 23 yoshga yetgunga qadar ta'lim muassasalarida kunduzgi shaklda tahsil olayotgan bolalarga, otalarga, onalarga) va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida har biriga teng ulushda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati (mayib bo‘lish) yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon (jarohatlanish, travma olish, kontuziya) yetkazilgan taqdirda, xususan I, II va III guruh nogironlariga, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati olib kelmaydigan tan jarohatining og‘irligiga va uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligiga qarab quyidagicha bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi:

og‘ir daraja – bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida;

o‘rta daraja – bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida;

sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.

Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) vakolatli ijro etuvchi organ tomonidan uni olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ijro etilishi lozim.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi yoki o‘lishga sabab bo‘lgan tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, bir yo‘la beriladigan nafaqani olish huquqi nogironlik yoki o‘lim faktini belgilash paytidan boshlab vujudga keladi.

Himoya qilinuvchi shaxsga tan jarohati yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilishi oqibatida uning nogironligi yoki o‘limi fakti belgilangandan so‘ng, vakolatli organ quyidagilarni to‘laydi:

himoya qilinuvchi shaxsga – nogironlik guruhiga mos ravishda, bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori va unga avval to‘langan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori o‘rtasidagi farq;

himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga – bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori bilan himoya qilinuvchi shaxsga avval to‘langan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori o‘rtasidagi farq.

Tegishli farqni to‘lash himoya qilinuvchi shaxsdan (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) yoki uning (ularning) qonuniy vakilidan quyidagi hujjatlar olingan kundan boshlab 10 kun ichida vakolatli organ rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi:

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza muassasasi tomonidan himoya qilinuvchi shaxsga berilgan nogironlik faktini tasdiqlovchi ma'lumotnoma nusxasi;

himoya qilinuvchi shaxsning vafoti to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shuningdek 18 yoshdan oshgan, ammo 23 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun – ta'lim muassasasida kunduzgi shaklda o‘qish faktini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash imkoniyatini istisno qiluvchi holatlar aniqlangan taqdirda (salomatligi to‘g‘risida, himoya qilinuvchi shaxs yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar bilan qarindoshligi, bolalarining yoshi, o‘quv muassasalarida kunduzgi shaklda ta'lim olish va boshqalar to‘g‘risida noxolis yoki bila turib yolg‘on ma'lumotlar berish), vakolatli organ ijtimoiy himoya choralarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organga ushbu choralarni bekor qilish to‘g‘risida iltimosnoma yuboradi.

Himoya qilinuvchi shaxs tomonidan (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar tomonidan) qabul qilib olinmagan bir yo‘la beriladigan nafaqa ushbu nafaqani olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 3 yil mobaynida ularning arizasiga binoan to‘lanadi.

Nafaqaning miqdori o‘lim kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda, tan jarohati yetkazilgan (mayib bo‘lish) yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan hollarda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.

Mehnatga haq to‘lashning tuman koeffitsiyenti o‘rnatilgan tuman va hududlarda nafaqaning miqdori mehnatga haq to‘lashning tuman koeffitsiyentini hisobga olmagan holda belgilanadi.

Himoya qilinuvchi shaxslarga (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash vakolatli organ tomonidan, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat sirlari sirasiga kirmasa, himoya qilinadigan shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Himoya qilinuvchi shaxslarga (halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a'zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) to‘langan bir yo‘la beriladigan nafaqalar to‘g‘risida hisobot vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov to‘g‘risidagi ma'lumot xavfsizlik choralarini ta'minlovchi yoki ijtimoiy himoya choralarini ta'minlash to‘g‘risidagi qaror qabul qiluvchi organning so‘rovi bo‘yicha taqdim etiladi.

Bir yo‘la beriladigan nafaqalarni to‘lash masalalari bo‘yicha vakolatli organning harakatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Mavzuga oid