Light | 23:56 / 24.12.2019
11949
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik erkakdan 9,5 kilogrammlik buyrak olib tashlandi 

Britaniyada shifokorlar Deyv Uotli ismli erkakdan 9,5 kilogramm keluvchi buyrakni olib tashlashdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. 

2002 yilda erkakka buyraklar polikistozi kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Ushbu kasallik tufayli erkakning buyragi vazni unda suyuqlik bilan to‘lgan qopchalar shakllangani sababli oshib ketgan.

7 yil avval Uotlidan 7,5 kglik buyrak olib tashlangan. 2 yildan keyin unga donor buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan. Joriy dekabrda esa erkakning ikkinchi kasal buyragi olib tashlandi. Uning diametri 30 smga yetgan. Deyvning aytishicha, u jarrohlik amaliyotigacha o‘zini go‘yoki “uch bolani ko‘tarib yurgandek”, undan keyin esa yengillik his qilgan. 

“Ular ulkan ish qildilar va endi men ancha xushbichimroq ko‘rinaman”, deb shifokorlarning ishini yuqori baholagan Deyv. 

53 yoshli erkakdan olib tashlangan buyrak katta yoshli odamning me'yordagi buyragidan 120 marta og‘irroq bo‘lgan. Ayni vaqtda ulkan buyrakni Ginness rekordlar kitobida qayd qilishga taraddudlanmoqda.

Mavzuga oid