Jamiyat | 10:10 / 25.12.2019
5085
1 daqiqa o‘qiladi

Sariosiyoda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi 

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashagan fuqaro M.Sh. joriy yilning 22 dekabr kuni tungi paytda uyiga mast holda keladi va elektr isitish pechini yoqib, uxlab qoladi. 

Postda.uz’ning xabar berishicha, buning oqibatida ilgichda turgan kiyim pech ustiga tushib, yong‘in ro‘y beradi.   

Yong‘in vaqtida uy egasi jiddiy kuyish jarohatini olib, voqea joyida dunyodan ko‘z yumadi.
   
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, M.Sh. yuqori haroratli termik kuyish, butun tananing ko‘p miqdorda kuyishidan vafot etgani aniqlangan.

Mavzuga oid