Jamiyat | 11:29 / 30.12.2019
10676
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi YTH natijasida yo‘lovchi vafot etdi

2019 yil 28 dekabr kuni soat 18:45larda, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lning 1538-km.da YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan S.P. “LADA XRAY Cross” rusumli avtomobilini yo‘lning chetidan orqaga qayrilish maqsadida chapga burgan vaqtida, shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan X.Ch. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilini o‘tkazib yubormasdan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1951 yilda tug‘ilgan O.X. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Mavzuga oid