Jamiyat | 07:47 / 31.12.2019
59995
4 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi ko‘pqavatli turarjoy qurilishida armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, «Alisher Navoiy» mahallasida qurilayotgan 5 qavatli turarjoy majmuasidagi uylarda tarkibida armatura bo‘lmagan tom yopish plitalari ishlatilayotgani haqida videoroliklar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi.

Mazkur 5 qavatli turarjoylardagi qurilish ishlarida plitalar «Ilg‘or Do‘stlik qurilish» MChJ (buyurtmachi) tomonidan qurilish-montaj ishlarida foylanilayotgani ma'lum bo‘ldi. 

Mazkur obekt AT «Xalq banki» Do‘stlik filiali tomonidan buyurtmachining o‘z mablag‘lari va bank krediti hisobiga moliyalashtirilgan. Ushbu obektga «VIBRO PRESS» xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan plitalar yetkazib berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi «O‘zstandart» agentligi tomonidan «NTs TURON STANDART SERTIFIKAT» MChJ (sertifikatlashtirish organi) UZ.AMT.06.MAI.348 raqami bilan qurilish mahsulotlarini sertifikatlash vakolati berilgan. 

Mazkur organ tomonidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, O‘zbekiston ko‘chasidagi promzonada joylashgan «VIBRO PRESS» xususiy korxonasiga (korxona) «Plity perekrytiya jyelezobetonnyye mnogopustotnyye predvaritelno napryajyennyye stendovogo formovaniya tipa PB shirinoy 12dm ShIFR 4281» O‘zDSt 2805:2013 talablariga muvofiqligi yuzasidan 2017 yil 5 iyunda uch yil muddat bilan UZ.SMT.01.348.2041276 muvofiqlik sertifikati berilgan.

Bugungi kunda, Qurilish vazirligi hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga aralishish va qurilish obektiga kirish hamda tekshirish vakolati belgilanmagan. Shunday bo‘lsa-da, qurilish obektlarida tatbiq qilinayotgan «VIBRO PRESS» xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan plitalar bo‘yicha Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqaruvchiga 2018 yil 6 noyabrda 04/1254-sonli ogohlantirish xati yuborilgan.

Ishlab chiqaruvchi korxona tasdiqlangan davlat standartlariga rioya etgan holda akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida plitaning hamda unda qo‘llaniladigan materiallarni fizik-mexanik xususiyatlari bo‘yicha doimiy va davriy sinovlarni o‘tkazishi va tasdiqlangan ishchi chizmalarga muvofiq ishlab chiqarishi talab etiladi. Bundan tashqari, bir yilda bir marotaba sertifikatlashtirish organi tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotni standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha inspeksion nazorat amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirilgan asoslarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi tashkilot standart talablariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sifatsiz ishlab chiqargani hamda nazorat o‘rnatmagani, plitaga qo‘llanilgan D Vr5-1400 provolkalar, seysmik disk hosil qilishda plitalarning yon qismlarida shponlarning mavjud emasligi, ishlab chiqaruvchi tomonidan obektga mahsulot yuborilishi oldidan montaj petlyalari hamda sterjenlari D12 A400 yo‘qligi, beton vkladishlari mavjud emasligi ma'lum bo‘lgan. Bu esa ishchi chizma UTR 46.1-95.11 shifr 4281 talablarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelgan», — deyiladi Qurilish vazirligi munosabatida.

Mavzuga oid