Jamiyat | 09:26 / 04.01.2020
12416
1 daqiqa o‘qiladi

Chortoqda yuz bergan YTHda bir kishi vafot etdi 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 2 yanvar kuni soat 16:00larda, Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan o‘tgan 4R-117 “To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq-Laskidon” avtomobil yo‘lining 45-km.da YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan M.B. “Lasetti” rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan S.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi S.R. tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

Mavzuga oid