Jahon | 14:36 / 15.01.2020
4219
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalaning yangi prezidenti o‘z lavozimini bajarishga kirishdi

Foto: REUTERS

Gvatemalaning yangi prezidenti Alexandro Jammattei 12 yanvar kechki payt o‘z lavozimini bajarishga kirishdi. U bu lavozimda Jimmi Moralesning o‘rnini egalladi.

Shu munosabat bilan poytaxt Gvatemaladagi Migel Anxel Asturias nomidagi milliy teatrda tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

“Olg‘a” partiyasi nomzodi bo‘lgan Jammattei 2019 yil 11 avgustda prezident saylovlarining 2-turida g‘olib bo‘lgan. U 57 foiz saylovchilarning ovozini olgan va raqibi - sobiq birinchi xonim Sandra Torresni ancha farq bilan ortda qoldirgan. Mustaxassisligi shifokor bo‘lgan Jammatteining prezident lavozimini egallashga to‘rtinchi urinishi muvaffaqiyatli yakunlangan.

63 yoshli siyosatchiga keyingi 4 yil Gvatemalani boshqarishga va mamlakatning  jinoyatchilik, past turmush tarzi va korrupsiya kabi azaliy muammolariga qarshi kurashishga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda respublikaning 23 foizi qashshoqlikda yashaydi.

Yangi prezident saylovoldi kampaniyasi vaqtida iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va'da bergan. U, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash olib borishga va'da bergan va buning uchun o‘lim jazoni qaytarish hamda mamlakatdagi jinoiy to‘dalarni terrorchi guruhlarga tenglashtirishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid