Jamiyat | 09:32 / 15.01.2020
30149
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda «Neksiya» 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 14 yanvar kuni soat 08:20larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Olmurut mahallasi hududidan o‘tgan “Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan M.N. ishonch qog‘ozi bilan shu tumanda yashovchi, 1946 yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

M.N. qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi (Namangan-Uchqo‘rg‘on yo‘nalishida qatnovchi, avtobus salonida 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan) “Isuzi” avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomobili yo‘lovchisi, Uchqo‘rg‘on shahrida yashagan, 1960 yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi M.N. hamda yo‘lovchilari, Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.L. va Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan X.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek, “Isuzi” avtobusining 11 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l hushyorlik va intizomini yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi YHXBB xabarida.

Mavzuga oid