Saratov yaqinidagi YTHda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Rossiyaning Saratov oblastidagi avtomobil yo‘lida «Volga» avtomobili va Hyundai Starex miniveni YTHga uchradi. Baxsiz hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RF IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmatining mintaqadagi rasmiy vakillari.
Ma'lumotlarga ko‘ra, miniven haydovchisi quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqqan, lekin boshqaruvni yo‘qotgan va o‘z vaqtida yo‘liga qaytishga ulgurmagan, oqibatda ro‘paradan harakatlanib kelayotgan GAZ-3110 bilan to‘qnashgan. Avtohalokat natijasida har ikki haydovchi hamda minivenning uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, Hyundai salonida bo‘lgan yana to‘rt kishi jiddiy jarohat oldi.
Jarohat olganlar yaqin orada joylashgan tez tibbiy yordam bo‘linmasiga olib ketilgan.
Rossiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, minivenda bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari edi. Halok bo‘lganlarning oilalari, shuningdek, jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari o‘z mamlakatlari konsulligidan yordam oladilar, deya xabar tarqatgan OAV.
Mavzuga oid
14:35 / 26.08.2024
Saratov va Engelsda dronlar ko‘p qavatli uylarga urildi. Jabrlanganlar bor
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024