Malayziya 2020 yilda 5G texnologiyasidan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Malayziya hukumati shu yilning uchinchi choragida beshinchi avlod aloqa tizimidan (5G) tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Maxatxir Muhammadga asoslanib The Star gazetasi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "hukumat yangi avlod aloqa tizimidan tijoriy foydalanishni 2020 yilning uchinchi choragida joriy etishni ko‘zlamoqda".
Agarda 5G muvaffaqiyatli joriy etilsa, Malayziya yangi aloqa texnologiyasidan tijoriy foydalanish yo‘lga qo‘yilgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ladi.
Maxatxir Muhammad Kuala-Lumpur har qanday davlat, jumladan Xitoyning Huawei kompaniyasi ishlab chiqargan ilg‘or texnologiyalardan foydalanishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu korporatsiya Malayziyada hech qanday qonunni buzmagan. Ayrim davlatlar, jumladan, Germaniya, Kanada, AQShda bu korporatsiya bilan bog‘liq muammolar ularning ichki ishi, degandi u.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
23:39 / 26.08.2024
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
09:16 / 22.08.2024