Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri saylandi
Bugun, 20 yanvar kuni, yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ilk majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.
Birinchi majlisning Muvaqqat kotibiyati, Sanoq komissiyasi hamda Ovozlarni hisoblash elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi muvaqqat guruh saylab olindi va kun tartibi tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri etib sayladilar.
Davlat rahbari spikerning bilim va tajribasi, fidoyiligini ta'kidlab, uning va palataning ishiga muvaffaqiyat tiladi.
- Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar bo‘lib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib bo‘lishingiz, xalqchil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligiga hissa qo‘shishingiz kerak, - dedi prezident.
Nurdinjon Ismoilov 1959 yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 1980 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ilmiy darajasi: yuridik fanlari nomzodi. 1999 yilda «Shuhrat» medali, 2002 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
20:25 / 23.07.2024
Xorijdagi mahkum o‘zbekistonliklar jazoni vatanida davom ettirishi mumkinligi belgilanmoqda
19:14 / 23.07.2024
O‘zbekistonda “treningchi”lar faoliyati tartibga solinadi
14:10 / 09.07.2024