Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
U bu lavozimda biroz avvalroq «Mahalla» kengashi raisi lavozimiga o‘tkazilgan Rahmat Mamatov o‘rnini egalladi.
Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev 2019 yilning iyunida Akromxon Boboxonov o‘rniga Ichki ishlar vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Toshxo‘jayev 2019 yil yanvaridan 2019 yil yoziga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagandi.
Mavzuga oid
13:35 / 21.09.2024
Farg‘onada dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar aniqlandi
07:06 / 05.09.2024
Farg‘onada avtotreyler YTHga uchradi
16:34 / 30.08.2024
Farg‘onada Spark simyog‘ochga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
18:40 / 22.08.2024