Jahon | 17:13 / 26.01.2020
7206
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus tarqalishi xavfi sababli Hongkongdagi «Disneylend» yopildi

Foto: AFP/Getty Images

Hongkongdagi "Disneylend" ko‘ngilochar bog‘i ma'muriyati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli bog‘ ishini to‘xtatishga qaror qildi.

Avvalroq Shanhaydagi "Disneylend" rahbariyati ana shunday qarorga kelgandi.

Shuningdek, Hongkongdagi Ocean Park tematik ko‘ngilochar maskani ham ish faoliyatini to‘xtatgan.

OAVning yozishicha, Hongkongda koronavirus tarqalishi xavfi bois favqulodda holat e'lon qilingan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirusdan vafot etganlar soni 57 nafarga yetgan. Ushbu virusni yuqtirganlar esa 2 mingdan oshib ketgan.

Mavzuga oid