O‘zbekiston | 00:11 / 26.01.2020
16256
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarbekda harakatlanayotgan lokomotivda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idan o‘tuvchi temir yo‘l orqali harakatlanayotgan poyezdning lokomotivi yonayotgani videosi tarqaldi.
“O‘zbekistan temir yullari” AJda ma'lum qilinishicha, voqea 25 yanvarda soat 14:20 atrofida elektr-manyovr lokomotivi VL-60 2157’ning ikkinchi mashinisti kabinasida yuz bergan. Yong‘inning dastlabki sababi kabinaning isitish tizimidagi qisqa tutashuv bo‘lgan. Yong‘in lokomotiv mashina bo‘limining yuqori kuchlanishli kamerasiga o‘tmagan va o‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari bilan tezda bartaraf etilgan.