Jahon | 21:32 / 28.01.2020
7483
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vaziri o‘zini daxlsizlikdan mahrum qildi

Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zini parlament daxlsizligidan mahrum qildi. Shundan keyin unga uchta jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e'lon qilindi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.   

Netanyaxu poraxo‘rlik, tovlamachilik va ishonchni suiiste'mol qilishda ayblanmoqda. Isroil bosh prokurori Avixay Mandelblit bosh vazir ishlari bo‘yicha ayblov xulosasini Al-Quds okrug sudiga topshirgan.

Shu tariqa, siyosatchi Isroil tarixida sud oldida javob beradigan ilk amaldagi bosh vazir bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, Netanyaxu ishlari bo‘yicha birinchi sud majlisi sanasi hali belgilanmagan, biroq sud jarayoni bir necha yillarga cho‘zilib ketishi mumkin.

Netanyaxu o‘z izohida uning daxlsizligi muhokamasini u boshqa ishtirok etishni istamaydigan “sirk” va “jirkanch o‘yin” deb atagan.

Isroil bosh vaziri nufuzli tadbirkorlardan umumiy hisobda 264 ming dollarlik sovg‘a olishda hamda o‘z faoliyatining OAVda ijobiy tomondan yoritilishi evaziga tadbirkorlarning biznesiga ko‘mak ko‘rsatishda ayblanmoqda. Unga bu ish bo‘yicha 13 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Netanyaxu korrupsiyadagi ayblovlarni “to‘ntaruvga urinish” deb atagan va tergovchilarning ustidan tergov o‘tkazish kerakligini talab qilgan.

Mavzuga oid