Farg‘onada hamshirani kaltaklab, hushidan ketkazganlarga jinoiy ish ochildi
Farg‘ona shahridagi oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlariga tajovuz qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Sud-tibbiy ekspertiza byurosining joriy yil 29 yanvardagi 340-sonli xulosasiga ko‘ra, hamshira M.Ma'murovada burun suyagining yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi, bo‘yin sohasida shilinma, o‘ng ko‘z-qovoqlarida qontalash kabi tan jarohatlari aniqlangan.
Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga qaraganda, mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish jinoyati alomatlari mavjudligi sababli, unga nisbatan ushbu modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
28 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi 2-oilaviy poliklinikada bemor va uning onasi tibbiyot xodimlari Mashhura Tojimatova va Matlyuba Ma'murovaga tan jarohati yetkazishgani, poliklinika ma'muriyati darhol tez tibbiy yordam bo‘limiga, voqea haqida profilaktika inspektoriga xabar berishgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
16:35 / 30.10.2024