Iste'molchilar huquqlari eng ko‘p buzilayotgan sohalar ma'lum qilindi
Bugun, 31 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va mazkur qo‘mita huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurod Hayitmetovning ma'lumot berishicha, agentlikka o‘tgan 135 kun davomida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida 1300dan ortiq murojaat kelib tushgan va ularni o‘rganish asosida 312 million so‘mdan ortiq mablag‘ iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Ta'kidlanishicha, murojaatlarning 21,2 foizi kommunal sohadagi kamchiliklar yuzasidan, 53,4 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 9,3 foizi transport va aloqa xizmatlari yo‘nalishiga, 16,1 foizi esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
«Ayni paytda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmini yaxshilash va reklama bozorini tartibga solish maqsadida xalqaro tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi agentlik direktori.
Mavzuga oid
17:41 / 19.11.2021
To‘lov shakliga qarab sotuvchilarning tovarga har xil narx belgilashi taqiqlanmoqda
19:45 / 22.09.2021
«Elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulangan iste'molchilar tizimga qariyb 6 mlrd so‘m zarar yetkazdi» – O‘zenergoinspeksiya
18:00 / 27.05.2021
2021 yilda iste'molchilarga qancha elektr energiyasi va gaz yetkazib berilishi ma'lum qilindi
20:54 / 15.03.2021