O‘zbekiston | 17:33 / 03.02.2020
18926
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga koronavirusni aniqlash vositalarini taqdim etdi

Rossiyaning Iste'molchilar huquqi va inson salomatligini himoya qilish federal xizmati Qozog‘iston va O‘zbekistonga yangi koronavirusni laborator diagnostika qilish vositalarini taqdim etdi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislariga test-tizimlari 1 va 2 fevral kunlari yetkazib berilgan. Shuningdek, Armaniston va Belarusga ham test-tizimlari taqdim etilgan. Shu kunlarda Qirg‘iziston va Tojikistonga ana shunday vositalarni yetkazib berish kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, Rossiya diagnostika qurilmalarini YeOII va MDH davlatlariga yordam doirasida bepul yetkazib bergan. Test-tizimlari «Vektor» virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida ishlab chiqarilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirusdan bir kun ichida 57 kishi vafot etdi. Shu tariqa, epidemiya boshlangandan beri uning qurbonlari soni 361 nafarga yetdi, kasallanganlar esa yana 2829 kishiga ko‘payib, 17205 nafarni tashkil qilmoqda. 

Mavzuga oid