Qozog‘istondagi mojaro qurbonlari soni ortdi
Qozog‘istonning Korday rayonida ro‘y bergan mojaro oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi. «Xabar 24» nashri xabariga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar vaqtida jarohatlanganlarning ikki nafari shifoxonada jon bergan.
7 fevral kuni kechqurun Jambil oblasti Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy do‘ngonlar qozog‘istonlik qariyani kaltaklashi sabab bo‘lgani aytilgan.
Dastlabki xabarlarda Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kishi ishtirok etgani, 8 kishi halok bo‘lib, 137 kishi jarohatlangani, ulardan 37 nafari shifoxonaga yotqizilgani, 9 kishi og‘ir ahvolda qolayotgani aytilgandi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy, 15ta savdo obekti hamda 23ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tartibsizliklardan so‘ng hududda vaziyat barqarorlashganini ma'lum qildi. U mojaroning avj olishiga sababchi bo‘lgan ig‘vogarlar javobgarlikka tortilishi, «fojiaga yo‘l qo‘ygan davlat idoralari xodimlari jazolanishi»ni ta'kidlab o‘tgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar xodimlari jazolanishiga aniqlik kiritmagan.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Jambildagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzishga farmoyish bergan.
Odatiy mushtlashuv yoki etnik nizo?
To‘qnashuv juma kuni kechqurun etnik ozchilik hisoblangan do‘ngonlar yashovchi Masanchi qishlog‘ida ro‘y bergandi. Politsiyachilar to‘qnashuvda qatnashgan 47 kishini qo‘lga olgan, ulardan ov miltiqlari musodara qilingan.
Sojjyeno okolo 30 jilyx domov, 15 magazinov, 23 avtomobilya. Po dannym jiteley pogromy byli ustroyeny v pyati selax, gde jivut dungane.
— Roustem Adagamov (@adagamov) February 8, 2020
Foto: https://t.co/ajK8bYl3Cq pic.twitter.com/t68D904sGF
Qozog‘iston hukumati hodisada maishiy janjalni etnik nizoga aylantirishga harakat qilgan ig‘vogarlarni aybladi. Hozircha janjalning asl sababi aniq emas.
Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Turgumbayevning so‘zlariga ko‘ra, nizoda avvaliga 70 kishi qatnashgan. «Provokatorlar va guvohlar janjalni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan va boshqa odamlarni qonunga zid harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan. Bu esa ziddiyatning eskalatsiyasiga olib kelgan… Qo‘shni qishloqlardan yuzlab kishi kelib janjalga qo‘shilgan», - deyilgan vazirlik ma'lumotida.
«Bezorilar metall predmetlar, toshlar, o‘qotar qurollarni ishlatgan. Masanchidagi ziddiyatdan keyin Auxatti va Bulan-Batir qishloqlariga ham bostirib borishgan. Yo‘llarda blok-postlar o‘rnatishgan», - deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Axborot vaziri Dauren Abayev ham bu versiyaga qo‘shilgan: «Fojia ro‘y berdi, odamlar halok bo‘ldi. Afsuski, bu maishiy janjalni etnik mojaro sifatida ko‘rsatgan provokatorlar tufaylidir».
Masanchida nimalar bo‘ldi?
Masanchi qishlog‘ida yashovchilardan biri Radio Azattyk (Qozog‘istondagi Ozodlik radiosi) muxbiriga, tumanning beshta qishlog‘ida bosqinchilik harakatlari amalga oshirilganini so‘zlab bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni kechqurun boshqa hududlardan kelgan yuzlab erkaklar uylarga, do‘konlarga o‘t qo‘ygan, avtomobillarning oynalarini sindirishgan va qishloq aholisiga hujum qilgan.
Qozog‘istondagi do‘ngonlar diasporasi rahbari Xusey Daurov KazTAG agentligiga shunday deydi: «Soat 5.25da Olmaotadan OMON bo‘linmalari yetib keldi, harbiylar keliboq vaziyatni nazoratga olishdi. Ammo ular bir kun kechikishdi. Bir kun avval videolar tarqalishi boshlangandi, agar ular barchasini avvalroq qilishganida, biz bunday ahvolga tushmagan bo‘lardik, odamlarning hayoti saqlab qolinardi. Ammo hozir, Xudoga shukrki, OMON xodimlari har bir burchakni nazorat qilmoqda, har bir qishloqda nazorat o‘rnatilgan».
Ma'lum bo‘lishicha, juma kuni kunduzi politsiyachilar Masanchiga qo‘shni bo‘lgan Sortobe qishlog‘ida avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchi qochishga uringan, politsiyachilar uni quvishganida esa qoidabuzarning qarindoshlari politsiya avtomobilini toshbo‘ron qilgan.
Hozircha aynan shu hodisa ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqargan voqea bo‘lgani tasdiqlanmadi.
Kazaxstan, nedaleko ot granitsy s Kyrgyzstanom. Mejnatsionalnyy konflikt mejdu kazaxami i dunganami (narod, projivayushchiy v Kirgizii) pic.twitter.com/2vp3BSFWQV
— Okkupirovannaya Moloduxa 🏴☠️ (@scamp_rogue) February 7, 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda esa do‘ngonlar bir necha qozoqni kaltaklagani tasvirlangan video hodisa sababi sifatida tarqatilgan.
Mushtlashuvlardan keyin ko‘plab do‘ngonlar chegarani kesib o‘tib, Qirg‘izistonga borishgan. Chegarachilar qat'iy ish rejimiga o‘tishgan. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba RIA Novosti agentligiga xabar berishicha, 20 kishi shifokorlarga murojaat qilgan, 10 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Utrom v subbotu na odnom iz pogranichnyx KPP mejdu Kazaxstanom i Kyrgyzstanom. Jyenshchiny i deti, predpolojitelno, dunganskoy natsionalnosti, massovo peremeshchayutsya cherez granitsu iz yujnogo Kazaxstana v Kyrgyzstan.#masanchi #masanchi #dungane #korday pic.twitter.com/vTXLh3ctm4
— Fergana.News (@ferganaru) February 8, 2020
Do‘ngonlar kimlar?
Do‘ngonlar - Qirg‘izistondagi millat bo‘lib, Qozog‘iston janubi-sharqida va O‘zbekiston sharqida ham yashaydi. Ular XIX asr oxirida Xitoy hukumati ta'qibidan keyin Markaziy Osiyo hududiga qochib kelgan xitoyliklarning avlodlaridir. Ular Islom dinini qabul qilishgan va xitoy tilini unutishgan. Mahalliy tillarda va rus tilida so‘zlashishadi.
Masanchi do‘ngon diasporasi markazlaridan biri hisoblanadi. 2009 yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, qishloq aholisining 90 foizi do‘ngon, 5 foizi qozoq, 5 foizi ruslar edi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
15:04 / 10.11.2024