Sirdaryoda 750 dollarga dron sotayotgan fuqaro ushlandi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida uchuvchisiz qurilmani 750 dollarga pullayotgan shaxs ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. «MAVIC PRO» nomli dronni xaridorga 750 AQSh dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, uchuvchisiz uchadigan apparat ashyoviy dalil sifatida olingan va X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu moddaga asosan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlangan. 244-4-moddaning barcha qismlari sanksiyasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq.
O‘tgan hafta Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik bundan bir yil oldin belgilangan.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58 / 21.09.2024
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
10:50 / 14.09.2024