YeChL qaytmoqda: Holand Mbappega qarshi va boshqa intrigalar
Bu hafta Chempionlar ligasida pley-off bosqichiga start beriladi.
18-19 fevral kunlari Yevropaning asosiy turnirida 1/8 finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har bir juftlikda intriga mavjud: raqib murabbiylarning qarashlari turlicha, turli taktik qarorlarni kutish mumkin, yosh to‘purarlar to‘qnashuvi, milliy chempionatlarni «gullatayotgan» jamoalar. Quyida birinchi haftada bo‘lib o‘tadigan to‘rt o‘yin bo‘yicha mulohazalar keltiriladi.
Holand vs Mbappe
«PSJ»ning so‘nggi mavsumlarda YeChLdagi muvaffaqiyatsizligini omadsizlikka yo‘yish mumkin: o‘tgan yili parijliklar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi ilk davriga duch kelib qolishgandi, undan avvalgisida — «Real»ga, undanam avvalgisida esa — «Barselona» bilan dramatik javob o‘yini. Nihoyat fransuzlarning omadi kelgandek edi — 1/8 finalda bu safargi raqib Dortmundning «Borussiya»si... Ammo bunday deb o‘ylaganlar adashadi!
Dortmund avval ham hujum chizig‘ida yaxshi ijrochilarga ega edi: Torgan Azar, Marko Roys va Jyeydon Sancho mavsumninng birinchi qismida nemislar jamoasi hujum chizig‘ida javlon urishdi. Ammo qishki transferlar darichasida «asalarilar» Chempionlar ligasining kuzdagi o‘yinlarida kashfiyotga aylangan yosh futbolchi — norvegiyalik Erlin Holand bilan tarkibni kuchaytirishdi. 19 yoshli vunderkind turnirning guruh bosqichida «Zalsburg» safida 6 o‘yinda 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Germaniya chempionatida u kutilganidan ko‘ra kuchliroq o‘ynamoqda: 4 o‘yinda 7 gol, xG jadvali (xavfli vaziyatlar) bo‘yicha uning natijasi juda zo‘r - 3,58. U deyarli har bir imkoniyatidan foydalanmoqda — 10ta zarbadan 7ta gol.
Lekin «PSJ» ham bu borada «Borussiya»ga munosib javob bera oladi. Neymar, Di Mariya, Ikardi va hujum chizig‘ining asosiy yulduzi — Kilian Mbappe. Ichki chempionatdagi o‘yin vaqtida hisob jamoasi foydasiga 5:0 bo‘lib turgan vaqtda o‘zi ham bu gollardan biriga muallif bo‘lgani holida maydonni tark etmagan yosh fransuz golga juda chanqoq. 21 yoshli futbolchi YeChLning guruh bosqichida judayaxshi natija qayd etgan: 5 o‘yinda 5 gol. Mbappe — parijliklarning Fransiya chempionatidagi eng yaxshi to‘puraridir — uning hisobida 18 o‘yinda urilgan 15 gol bor, xG bo‘yicha ko‘rsatkichi — 13,47.
Bu juftlikdagi yana bir intriga mudofaa chizig‘i bilan bog‘liq: jamoalarning himoyachilari golga chanqoq yosh hujumchilarning ishtahasiga qanday dosh berarkin?
18 fevral (seshanba)
«BORUSSIYa» D - «PARI SeN-JYeRMeN»
Borussiya, «Signal Iduna Park»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translatsiya: Futbol TV
Simeone vs Klopp
Bir necha yil muqaddam bunday to‘qnashuvga ta'rif berib, total pressingga qarshi qo‘yilgan «avtobus» iborasini ishlatish mumkin edi. Ko‘pchilik bunday to‘qnashuvda Simeonega tikishi aniq edi, chunki Klopp boshqaruvining ilk davrida «Liverpul» himoyaga yotib oladigan jamoalarga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotardi.
Hozir vaziyat o‘zgargan, «Atletiko» ham, «Liverpul» moslashuvchan jamoaga aylangan. Madridliklar endi o‘yinlarda to‘pga egalik qilishi va pozitsion hujumlarda ham gol urishi mumkin, mersisaydliklar esa qanotlardagi tezkor o‘yin orqali kuchli himoya chizig‘ini yorib o‘tishning hadisini olishgan.
«Atletiko»ning asosiy muammosi — vaziyatlarni golga aylantirishda: «matraschilar» bu borada ayni vaqtda Ispaniya chempionatidagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etishmoqda. Urilgan gollar va kutilgan gollar orasidagi farq deyarli 13 gol (xG bo‘yicha 35,95 gol imkoniyatidan 23 gol urilgan). «Liverpul»da esa aksincha, kutilganidan ko‘ra ko‘proq gol urilgan: xG bo‘yicha 54,24 gol imkoniyatidan 60 gol, farq — deyarli 6 gol.
Ikki raqibning ham himoyasida ko‘rsatkichlar yaxshi: «Atletiko» va «Liverpul» ichki chempionatlarda 15tadan gol o‘tkazishgan, madridliklar 25 o‘yin o‘tkazishgan, inglizlar esa — 23. Chempionlar ligasining guruh bosqichida «Atletiko» yaxshiroq himoyalangan: 6 o‘yinda 5 gol o‘tkazilgan, hujumkor jamoalar guruhiga tushib qolgan «Liverpul» esa — 8ta.
Inglizlar qo‘lidagi yana bir kuzir bor — APLda chempionlik masalasi deyarli hal bo‘lgan. «Liverpul» ikki turnir orasida halak bo‘lmaydi, asosiy ehtibor Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun qaratilishi mumkin.
Bu ikki marta YeChL finalini boy bergan va revansh olish ishtiyoqidagi Simeonega xalal beradimi?
18 fevral (seshanba)
«ATLeTIKO» - «LIVeRPUL»
Madrid, «Vanda Metropolitano»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translatsiya: UzReportTV
Aqlsizlik vs barqarorlik
Ayni kunda Yevropaning eng savdoyi jamoasi — «Atalanta». 3-4-1-2 sxemasi bo‘yicha o‘yin ko‘rsatayotgan Jan Pero Gasperini shogirdlari Italiya chempionatida hammadan ko‘p gol urishgan — 61 gol. Taqqoslash uchun: bu boradagi ikkinchi o‘rinda ketayotgan «Latsio» ancha ortda — 53 gol. Bundan tashqari, «Atalanta» ko‘hna qit'aning eng intensiv pressing qiluvchi klublaridan biri: o‘rtacha bir o‘yinda 7,53 PPDA, bu «Bayyer» (7,42) yoki «Xetafe» (7,37) jamoalari natijalariga teng. Bunday yuqori bosim namoyish etilishi — uch nafar markaziy himoyachining oldinda joylashishi evaziga. Masalan, jamoa Chempionlar ligasida «Shaxtyor»ga qarshi (3:0) shunday o‘ynagandi.
Bu kartada «Atalanta»ning uch nafar markaziy himoyachisi - Berata Jimsiti, Xose Luis Palomino va Andrea Maziyello (qishda «Jyenoa»ga o‘tib ketdi)ning to‘pga teginishlari aks etgan.
Himoya chizig‘i vakillari bu qadar oldinda harakat qilishi o‘tkazilgan gollar soni ham ko‘p bo‘lishiga olib keladi: A Seriyaning 23 o‘yinida 31 gol, Chempionlar ligasidagi 6 o‘yinda 12 gol o‘tkazib yuborilgan.
Italyanlarning aqlsizlarcha o‘yini fonida «Valensiya» barqaror ko‘rinadi. Doimiy ixcham 4-4-2 sxemasi, Ispaniya chempionati o‘yinlarida urilgan 33 gol va o‘tkazilgan 32 gol. Shu bilan birgalikda — intensiv pressing bo‘yicha so‘nggi o‘rinda (13,41 PPDA): «ko‘rshapalaklar» hadeb oldinga chopishmaydi va qarshi hujumlarda imkoniyat bo‘lishini kutishadi. Buni tasdiqlaydigan yana bir fakt — Albert Selades shogirdlari raqib maydoni hududida eng kam vaqt o‘tkazishadi: 24 foiz (maydonning markaziy qismida — 43 foiz, o‘z hududida — 33 foiz).
19 fevral (chorshanba)
«ATALANTA» - «VALeNSIYa»
Milan, «San-Siro»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translatsiya: Futbol TV / UzReportTV
Special one vs laptop
Joze Mourino o‘tgan yil kuzida holsizlangan «Tottenhem»ni qabul qilib oldi va turnir jadvalining ikkinchi qismiga tushib ketayotgan jamoani APL turnir jadvalida «kuchli oltilik»ka qaytardi. O‘yinlar davomida sxemalarni o‘zgartirish bo‘yicha tajribalar (dastlab 4-2-3-1, hujumga o‘tganda 3-4-2-1), ishtiyoqsiz bo‘lib qolgan Eriksenning «Inter»ga ketishi, Keyn jarohat olgani tufayli hujumda yangi variantlar o‘ylab topish — buning uchun Niderlandiyadan 22 yoshli Bergvayn olib kelindi. Portugaliyalik mutaxassisda taktik boshog‘riqlar yetarlicha, endi esa Chempionlar ligasi o‘yinlari boshlanib ketmoqda.
Mourinoga 32 yoshli laptop-murabbiy, bir necha yildan buyon Bundesligani «portlatayotgan» Yulian Nagelsmann qarshi chiqmoqda. Uning boshqaruvidagi «Leypsig» — o‘zi yuruvchi taktik konstruksiyaga o‘xshaydi, jamoada turli o‘yin sxemalari almashtirib qo‘llanadi (ko‘pincha 4-4-2 yoki 3-4-3), o‘yin davomida pressing kuchaytirilishi mumkin, asosiy qurol sifatida kesuvchi paslardan foydalanib hujumga o‘tiladi. YeChLning guruh bosqichida «Zenit»ga qarshi o‘yinlarda ham Nagelsmanning raqibga moslashishi, futbolchi almashtirishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi va kerak vaqtda to‘pni nazorat qilishga kirishishi kuzatilgandi.
Mourino Nagelsmannga qarshi — bu eksperimentatorlar va avlodlar o‘rtasidagi kurashdir. Ushbu murabbiylar dueli Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi bezaklaridan biriga aylanishi mumkin. Bitta narsa aniq: «Tottenhem» va «Leypsig»ning 1/8 finaldagi o‘yinlarida murabbiylarning o‘yin davomidagi qarorlari natijalarni hal qiladi.
19 fevral (chorshanba)
«TOTTeNHEM» - «LeYPsIG»
London, «Tottenhem stedium»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translatsiya: Futbol TV / UzReportTV
Mavzuga oid
14:26 / 17.10.2024
Mbappe jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda
15:13 / 05.10.2024
«Real» noqulay raqibga qarshi, ten Hagning taqdiri tikilgan o‘yin, Bundesligada peshqadamlar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
10:24 / 30.08.2024