Qozog‘iston televideniyesida Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi paydo bo‘ldi (video)
Qozog‘iston televideniyesida virtual boshlovchi paydo bo‘ldi. U ta'til, maosh, grimga ehtiyoj sezmaydi va uzzukun ishlashga tayyor.
Qozog‘istonning Atameken Business telekanalida yangiliklar dasturidan birini virtual boshlovchi olib borishni boshladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi bo‘ldi. Bu haqda Atameken Business mediaxoldingida ma'lum qilingan.
i-Sanj deb nomlangan gologramma qozog‘istonlik aktyor Sanjar Madi qiyofasida ishlanib, kundalik iqtisodiy yangiliklar blokini olib boradi.
Virtual boshlovchi loyihasi ustida ishlagan jamoaning ta'kidlashicha, o‘ziga xos mazmundagi yangiliklarni texnologik personajlar taqdim qilishi kerak. Loyihaning “antiqaligi” ham aynan shundan - intellektual kontent va yangi texnologiyalarni birlashtirishdan iborat.
Ta'kidlanishicha, kiber-boshlovchi i-Sanj yangiliklarni tezkor va bexato yoritishda yangi imkoniyatlarni ochadi. U ta'til, maosh, grimga ehtiyoj sezmaydi va uzzukun ishlashga tayyor.
Telekanal prodyuserining ta'kidlashicha, televideniyeda dramaturgiya kinodagidan kam bo‘lmagan darajada muhim va virtual boshlovchilar mualliflik dasturlarida insonlar o‘rnini bosa olmaydi. Loyihani neyron tarmoq yordamida mahalliy dasturchilar kuchlari bilan amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024