O‘zbekiston | 09:35 / 25.02.2020
3337
2 daqiqa o‘qiladi

Menejment tizimlari muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati qisqartirildi

Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Ular uch oy o‘tgach kuchga kiradi

Norma’ning yozishicha, tuzatishlarning mohiyati quyidagicha:
 
birinchidan, aniqlashtirilishicha, sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (MTSO) u olingani to‘g‘risida ariza beruvchini shu kunning o‘zida xabardor qiladi;
 
ikkinchidan, sertifikatlashtirish uchun arizaga sifat bo‘yicha qo‘llanma faqat mavjud bo‘lganda ilova qilinadi;
 
uchinchidan, quyidagilarning muddatlari qisqartirildi:

muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati - Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 5 yildan 3 yilgacha;

hujjatlar to‘plamlarini MTSOda saqlash (sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari) - 6 yildan 4 yilgacha.
 
to‘rtinchidan, muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO va “O‘zstandart” agentligi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p muddat 6 oyni (hozir – 10 kun) tashkil etadi. Quyidagilar ham bunga asos bo‘lishi mumkin:

tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki uni talab etiladigan muddatda o‘tkazishga ruxsat bermaganda;

tashkilot ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.
 
Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan blanka shakli ham yangilandi.
 
Hujjat 20.05.2020 yildan kuchga kiradi.

Mavzuga oid