Sport | 22:56 / 07.03.2020
5746
2 daqiqa o‘qiladi

“Xumo” Oliy xokkey ligasi pley-offining chorak finaliga chiqdi 

Foto: hchumo.uz

Oliy xokkey ligasi debyutanti Toshkentning “Xumo” klubi Neftekamskning (Boshqirdiston) “Toros” klubi ustidan mehmonda irodali g‘alabaga erishib, liga pley-off bosqichining chorak finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuv 2:3 hisobida Toshkent klubi foydasiga hal bo‘ldi. “Xumo”ga keyingi davraga chiqish uchun 7 ta o‘yin talab etildi. Seriyadagi umumiy hisob Toshkent klubi foydasiga 4:3 ko‘rinishini oldi.    

“Xumo” OXL pley-offining chorak finaliga chiqqan 7-jamoa bo‘ldi.

Avvalroq bu natijaga “Rubin”, “Yugra”, “Zvezda”, “Dinamo” (Sankt-Peterburg), “Bars” va “SKA-Neva” erishgandi.

Oxirgi chorak finalchi “Lada” va “Neftyanik” o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.

“Xumo” chorak finalda Moskvaning “Zvezda” klubi bilan uchrashadi.

1/8 final. 7-uchrashuv
|“Toros” (Neftekamsk) — “Xumo” (Toshkent) — 2:3 (0:0, 2:1, 0:2)
Gollar: Dubrovskiy — 2 (Abdeyev), 33:51 — 1:0. Yerkin — 2 (Kazakov, Anisin), 38:15 — 1:1. Baranov — 1, 39:04 — 2:1. Kazakov — 3 (Pepelyayev, Anisin), 49:49 — 2:2. Voronin — 2 (Zdunov, Grigorenko), 50:30 — 2:3.

Mavzuga oid