O‘zbekiston | 08:30 / 08.03.2020
45867
1 daqiqa o‘qiladi

«Chiroqchi voqeasi»: Tuman IIB boshlig‘i va o‘rinbosarlari ishdan olindi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupovni ishdan oldi.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7 mart kuni Qashqadaryo viloyati IIB mas'ullari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish vaqtida Chiroqchi tumanida IIB binosida tergov qilingan fuqaro vafot etishi voqeasi muhokama qilingan va tuman boshlig‘i Fazliddin Yusupov hamda uning 4 nafar o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 23 yanvarida Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli Yu.A IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi. Keyinroq IIB xodimlarining 13 nafari ushbu ish doirasida tergov jarayoniga jalb qilingani ma'lum ma'lum qilingandi.

Avvalroq mazkur voqea sabab viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Samad Turdiyev ishdan ketgandi.

Mavzuga oid