Jamiyat | 09:07 / 08.03.2020
42377
2 daqiqa o‘qiladi

Parkent dehqon bozorida yong‘in chiqdi

Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqdi. Olovni bartaraf etishga 11ta o‘t o‘chirish mashinasi va 10dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi. Qurbonlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

7 martdan 8 martga o‘tar kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yong‘in chiqdi.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yo‘q.

«Voqea joyiga kecha tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yong‘in sabablarini chuqur o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Ayni paytda yong‘in to‘la o‘chirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bo‘lib turishibdi. Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘inni bartaraf etishga 11ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobili va 10dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi. Soat 02:25da yong‘in tarqalishining oldi olingan bo‘lsa, soat 03:50da batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan 3000 kv. m.maydon saqlab qolindi.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavzuga oid