O‘zbekiston | 18:06 / 16.03.2020
54254
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent IIBBga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Aziz Toshpo‘latov 2019 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U muqaddam Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Bundan avvalroq, Toshkent shahar IIBBning sobiq boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Bahodir Toshmatov o‘rniga Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024
Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi
14:17 / 27.08.2024
Farg‘onada ochiqcha reyderlik – IIB fuqaroning tortib olingan mulkini qaytarib olib berolmayapti
23:10 / 14.08.2024