O‘zbekiston | 20:40 / 18.03.2020
7356
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus sababli dunyo bo‘yicha 25 millionta ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin

2008-2009 yillardagi inqirozda 22 million kishi ishidan ayrilgan.

Foto: Shutterstock

Koronavirus pandemiyasi 25 millionta ish o‘rni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin, deb taxmin qilmoqda Xalqaro mehnat tashkiloti.

ashkilot ishlab chiqqan turli ssenariylarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasining jahon YaIM ta'siri sababli 5,3 milliondan 24,7 million nafargacha inson ish joyidan ayrilishi mumkin.

Taqqoslash uchun, 2008-2009 yillardagi inqirozda 22 million kishi ishidan ayrilgan.

XMTning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, ishchilar yil oxirigacha 860 milliard dollardan 3,4 trillion dollargacha mablag‘ yo‘qotishlari mumkin. Bu xarid qobiliyatining pasayishiga olib keladi hamda biznes va jahon iqtisodiyotiga zarba bo‘lib tushadi. Ishlab chiqarish sohasida 8,8 milliondan 35 million nafargacha inson qashshoqlikka duch kelishi mumkin.

"Endilikda bu nafaqat sog‘liqni saqlash sohasidagi global inqiroz, balki mehnat bozoridagi yirik inqiroz hamdir", - dedi XMT bosh direktori Gay Rayder.  

Avvalroq dunyo bo‘ylab parvozlar bekor qilinishidan aviakompaniyalar zarar ko‘ra boshlagani, bu ketishda bankrot bo‘lishlari mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid