Samarqand xalqaro aeroporti dezinfeksiya qilindi
Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani e'lon qilingach, Samarqanddagi barcha jamoat joylari dezinfeksiya qilindi. Virusning oldini olish uchun dezinfeksiya tadbirlari doirasida bugun sanitariya epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari Samarqand xalqaro aeroportida bo‘lishdi.
Aeroportning barcha yerlari to‘liq dezinfeksiya qilindi. Hozirda parvozlar amalga oshirilmayotgan bo‘lsa-da, Samarqand xalqaro aeroporti ish faoliyatini davom ettirmoqda va parvozlarni qabul qilishga tayyor holatda.
Ma'lumot uchun, Samarqand sanitariya epidemologiya osoyishtalik markazi tomonidan shahardagi barcha jamoat joylari, jamoat transportlari, odam gavjum bo‘ladigan yerlar dezinfeksiya qilinmoqda. Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov bir guruh talabalar ham ko‘ngilli tarzda dezinfeksiya ishlarida qatnashayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
11:26 / 10.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
14:27 / 09.10.2024
Samarqanddagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
12:21 / 07.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
14:57 / 06.10.2024