O‘zbekiston | 17:10 / 30.03.2020
22121
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshshahartransxizmat»: Eski namunadagi stikerlar o‘z kuchini yo‘qotgan, yangi maxsus ruxsatnoma uchun DXAga murojaat qilish kerak

Koronavirus sabab poytaxt jamoat transportlari harakati to‘xtatilishi munosabati bilan «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun shartnoma asosida transport xizmatlari ko‘rsatilayotgandi. Buning uchun avtobusning sanitariya talablariga javob berishini tasdiqlovchi maxsus belgi, ya'ni stiker joriy etilgan edi.

Mazkur stikerda avtobus xizmati buyurtmasi bo‘yicha jamiyatning maxsus telefon raqami ko‘rsatilgandi. 

Jamiyatning Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 30 martidan karantin davrida xususiy hamda muhim bo‘lmagan transport vositalarining harakati to‘xtatilishi munosabati bilan mazkur stiker ham o‘z kuchini yo‘qotdi. Avtobus hamda boshqa transport vositalari uchun davlat xizmatlari agentligi tomonidan maxsus ruxsatnoma berish yo‘lga qo‘yildi.

Shu tufayli, maxsus ruxsatnomalar uchun «Toshshahartransxizmat»AJning avvalgi stikerida ko‘rsatilgan telefon raqamiga murojaat qilmaslik so‘raladi.

Ta'kidlanishicha, «Toshshahartransxizmat» AJ 71 244 18 63 telefon raqami orqali faqat avtobus buyurtmalarini qabul qilinadi. Maxsus ruxsatnomalar bo‘yicha esa Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid