Internetda koronavirusga chalinganlar uchun «uchar gospital» suratlari e'lon qilindi
Insayderlar internetda koronavirusga chalinganlarni Italiyadan Germaniyaga yetkazuvchi samolyot qanday ko‘rinishini namoyish qilishdi. «Uchar gospital»ning suratlari The Sun nashri tomonidan e'lon qilingan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu samolyot-gospital Airbus A310 MRT MedEvac samolyoti negizida yaratilgan. Samolyot eng zarur zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda bemorlar uchun 44 ta koyka bor, jonlantirish bo‘limi bir vaqtda 16 kishini sig‘dira oladi.
Samolyot eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar: kompyuterlar va tashxislash uchun tizimlar, kislorod berish qurilmalari va avtomatik inʼeksiyalar bilan ta'minlangan. Shifokorlar samolyot bortida bronxoskoplar va defibrillyatorlar qo‘llay oladilar.
Samolyot ekipaji 25 kishidan tashkil topadi. Ular orasida tibbiy xodimlar bo‘lib, ular jarrohlik aralashuvidan boshqa barcha standart muolajalarni bajara oladilar. Germaniyalik harbiylarning ta'kidlashicha, samolyotni parvozga 3 soatda tayyorlash mumkin. Zarurat bo‘lsa, uni 30 tonna yuk sig‘adigan qilib qayta jihozlash mumkin.
Hozirda Germaniyada koronavirusga chalingan italyanlar va fransuzlar davolanmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024