Pokistondan 22 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
Dushanba, 6 aprel kuni O‘zbekistondagi 128 nafar pokistonlik Pokiston xalqaro aviakompaniyasining maxsus parvozi bilan mamlakatga qaytarildi.
Elchixona tarqatgan press-relizga tayanib AAJTVning xabar berishicha, gumanitar ishora sifatida xuddi shu reys orqali 22 nafar O‘zbekiston fuqarolari Pokistondan qaytarilgan.
«Ushbu pokistonlik fuqarolar orasida O‘zbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizalar bilan kelgan va COVID-19 avj olganidan keyin xalqaro reyslarning to‘xtatilishi sababli Pokistonga qaytib kela olmagan sayyohlar kiradi» , - deya ma'lumot beriladi xabarda.
Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi o‘z fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lish bilan bog‘liq barcha sharoitlarni yaratib bergan hamda evakuatsiya ishlarini tashkil etishda faol ishtirok etgan.
Mavzuga oid
14:34 / 06.10.2024
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024