Jahon | 21:10 / 09.04.2020
28648
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi avtomobili e'lon qilindi 

World Car of the Year-2020 (Yilning jahon avtomobili 2020) tanlovi g‘olibi e'lon qilindi. Shuningdek, tanlovning yil sportkari, eng yaxshi dizayn va premial avtomobil yo‘nalishlaridagi g‘oliblari aniqlandi.

Kia Telluride / Photo: Getty Images

Mutaxassislar World Car of the Year-2020 tanloviga yakun yasashdi. Tanlovning bosh mukofotini 2019 yil boshida chiqarilgan Kia Telluride krossoveri qo‘lga kiritdi. 

Unga Mazda CX-30 va Mazda3 modellari raqobatchilik qilgan.

“Yil shahar avtomobili” yo‘nalishida Kia Soul EV elektrokari g‘olib bo‘lgan, eng yaxshi dizayn uchun mukofot Mazda3’ga topshirilgan.

Porsche Taycan birvarakay ikkita – “Yil sportkari” va “Yil premial avtomobili” yo‘nalishlarida g‘olib deb topilgan.

Tanlov g‘oliblari 10 aprelda boshlanishi kerak bo‘lgan Nyu-York avtosalonida e'lon qilinishi kerak edi, biroq avtomobil ko‘rgazmasi koronavirus pandemiyasi sababli avgust oxiriga qoldirildi.

Mavzuga oid