Jahon | 17:16 / 23.04.2020
5502
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya ichki ishlar vaziri Shengen chegaralari ochilishiga qarshi chiqdi

Koronavirus tarqalishi sababli mart oyi o‘rtalarida Shengen hududi mamlakatlari uchinchi davlatlar fuqarolari uchun YeIga kirishni 30 kunga taqiqlagan hamda Yevropa hududi ichida harakatlanishni cheklagandi.

Foto: REUTERS

Chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qaror chegaradosh davlatlardagi epidemiologik holat to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanishi kerak, chegaralarni ochishga hali erta, dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner BFMTV telekanali efirida.

"Biz o‘rta muddatli istiqbolda Shengen hududini umumevropa miqyosida ochmasligimiz kerak deb hisoblayman va bu respublika prezidentining xohishidir", - dedi Kastaner.

U “chegaralar bilan bog‘liq barcha jarayonlar qo‘shni davlatlardagi epidemiologik holatga asoslanishi kerak”ligini ta'kidladi.

"Biz Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya va qo‘shni davlatlar bilan nazoratni saqlashimiz kerak. Ammo shu bilan birga, bir mamlakatda yashab, boshqasida ishlaydiganlarni ham hisobga olishimiz lozim", - deb qo‘shimcha qildi Kastaner.

Koronavirus tarqalishi sababli mart oyi o‘rtalarida Shengen hududi mamlakatlari uchinchi davlatlar fuqarolari uchun YeIga kirishni 30 kunga taqiqlagan hamda Yevropa hududi ichida harakatlanishni cheklagandi. Hujjatga ko‘ra, bu diplomatlarga hamda Yevroittifoqda uzoq vaqt bo‘lishga ruxsat olganlar va Yevropa fuqarolarining oila a'zolariga taalluqli emas.

Mavzuga oid