Jahon | 07:21 / 03.05.2020
8044
2 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffet kompaniyasi koronavirus sababli 50 mlrd dollar yo‘qotdi 

Eng yirik aksiyadori Uorren Baffet hisoblanuvchi Berkshire Hathaway kompaniyasi 2020 yilning 1-choragi uchun hisobotni e'lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya koronavirus pandemiyasi ortida 1-chorak natijalariga ko‘ra, 49,7 mlrd dollar ziyon ko‘rgan. 

Foto: Alex Wong / Getty Images

Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Bu qiymat kompaniyaning 2019 yildagi umumiy tushumining 20 foizini tashkil qiladi.

Kompaniyaning operatsion daromadi 2019 yilning shu davriga nisbatan 6 foizga oshib, 5,87 mlrd dollarni tashkil qilgan. Aksiyalar portfeli 55,5 mlrd dollarga kamaygan.  

Aksiyalar portfelida temir yo‘l operatori BNSF, sanoat va energetika kompaniyalari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Precision Castpart, Boeing aviakompaniyasi hamda poyafzal va tikuvchilik biznesi aksiyalari ko‘proq qadrsizlashgan. 
 
Berkshire Hathaway’ning aksiyalari esa 19 foizga arzonlashgan. 

Aprel boshida Baffet o‘z aksiyalar portfelida aviakompaniyalar ulushini qisqartirgani ma'lum bo‘lgan. Avval uning Delta Air Lines aviakompaniyasidagi ulushi 11,1 foizni, Southwest Airlines’dagi ulushi 10,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu ulushlar mos ravishda 18 va 4 foizga kamaygan.  

Baffett dunyodagi eng yirik sarmoyachilardan biri va Berkshire Hathaway raisi hisoblanadi. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, uning ayni vaqtdagi boyligi 72 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng boy odamlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallamoqda.  

Mavzuga oid