Jahon | 23:25 / 04.05.2020
28728
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Yevropa ko‘chaga chiqmoqda

Dushanba kuni 4 milliondan ortiq italiyalik ikki oylik tanaffusdan keyin ishga qaytdi. Ispaniyada ham odamlar ko‘chalarga chiqishdi. Yevropa davlatlari karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qila boshladi.

Simone Padovani / Awakening / Getty Images

Yevropa hayotga qaytmoqda - yangi tartiblar bilan. Dushanba kunidan qit'aning barcha davlatlarida karantin choralari yumshatildi, aksar davlatlarda faqat ijtimoiy masofa saqlash tartibi saqlab qolingan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konti yakshanba kuni kechqurun mamlakatda epidemiyaga qarshi kurashning ikkinchi bosqichi boshlangani haqida e'lon qildi.

«To‘rt milliondan ortiq italyan ishga qaytdi va jamoat transportida harakatlana boshladi. Zararlanish xavfi ortdi, bizga faqat mas'uliyat hissi yordam beradi», dedi u.

Italiyada zavod va fabrikalar, qurilish hududlari ochildi, ammo maktablar, kinoteatrlar va yirik savdo markazlari noma'lum muddatgacha yopiqligicha qolmoqda.

Dushanba kuni Venetsiyada hozircha ishiga ruxsat berilmaganlar - kafelar, mehmonxonalar va boshqa bizneslar vakillari - norozilik bildirib fleshmob uyushtirishdi.

Ispaniya ham 26 martdan buyon Yevropadagi eng qat'iy karantin sharoitida yashayotgandi - dam olish kunlarida bu yerdagilarga ham uydan chiqishga ruxsat berildi. Ushbu mamlakat jami zararlanish holatlari soni bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda, o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSh va Italiyadan keyingi uchinchi o‘rinda. 

Milandagi markaziy vokzal. 2020 yil 4 may
Claudio Furlan / LaPresse / ZUMA / Scanpix / LETA
Milandagi Kadorna temir yo‘l stansiyasi. 2020 yil 4 may
Claudio Furlan / LaPresse / ZUMA / Scanpix / LETA
Turindagi jamoat transporti yo‘lovchilari. 2020 yil 4 may
Stefano Guidi / Getty Images
Milan metrosidagi yo‘lovchilar ijtimoiy masofaga rioya etishmoqda. 2020 yil 4 may
Camilla Cerea / Bloomberg / Getty Images
Milandagi metroda. 2020 yil 4 may
Claudio Furlan / LaPresse / ZUMA / Scanpix / LETA
Milanning tarixiy qismidagi Sempione xiyobonida odamlar sayrga chiqqan. 2020 yil 4 may
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Milandagi ko‘chalardan birida ishchilar veloyo‘lak uchun belgilar chizmoqda. 2020 yil 4 may
Maurizio Maule / PA / Scanpix / LETA
Viktor Emmanuil II galereyasi tashrif buyuruvchilari, Milandagi tijoriy galereya. 2020 yil 4 may
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Rimdagi Trevi favvorasi atrofi. 2020 yil 4 may
Silvia Lore / Getty Images
Turin markaziy bozorida navbatga turgan odamlar. 2020 yil 4 may
Stefano Guidi / Getty Images
Rimdagi metro bekatlaridan biriga kirish joyi. 2020 yil 4 may
Yara Nardi / Reuters / Scanpix / LETA
Venetsiyada koronavirus pandemiyasi qurbonlarini xotirlash marosimi
Manuel Silvestri / Reuters / Scanpix / LETA

 

Barselona
David Ramos / Getty Images
Malaga
Jesus Merida / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
David Ramos / Getty Images
Kadis
Juan Carlos Toro / Getty Images
Barselona
David Ramos / Getty Images
Malaga
Jesus Merida / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Barselona
David Ramos / Getty Images
Ispaniyada bolalarga ko‘chaga chiqishga aprel oyi oxiridayoq ruxsat berilgandi
GETTY IMAGES
Barselona, 2 may
David Ramos / Getty Images

Mavzuga oid