Xitoyda turizm va sayohat qilishga yana ruxsat berildi (fotojamlanma)
Xitoy hukumati 1 may - Mehnat kuni munosabati bilan koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan harakatlanishga cheklovlarning bir qismini bekor qildi.
Buning ortida mamlakatdagi 4 mingdan ko‘proq turistik obekt yana o‘z ishini boshladi.
Xitoylik sayyohlar “Taqiqlangan shahar”ga kirish uchun navbatda turibdilar. Bu obekt ko‘plab boshqa sayyohlik obektlari kabi 3 oy avval tashrif uchun yopilgandi.
Turistlar Pekindagi “Taqiqlangan shahar”da. Obekt 1 may kuni cheklangan miqdordagi tashriflar uchun ochildi.
Bolakay Mehnat kuni munosabati bilan boshlangan bayramlarning birinchi kuni Xitoy imperatori kiyimida suratga tushmoqda.
Juftlik “Taqiqlangan shahar” yaqinida to‘y fotosessiyasini o‘tkazmoqda
Koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar olingandan keyin Pekin ko‘chalaridan biri odamlar bilan to‘lib-toshgan.
Sayyoh Pekindagi Tyananmen maydonida.
Pekindagi Osmon ibodatxonasi.
Hongkongdagi restoranlardan birida.
Buyuk Xitoy devoridagi sayyohlar.
Pekinliklar Xitoy poytaxti ko‘chalaridan birida.
«Taqiqlangan shahar»dagi farrosh.
Mavzuga oid
13:39
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qo‘shma turistik yo‘nalish yaratilishi mumkin
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024