Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklardan maxsus komissiya qarorini kutish so‘raldi
Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilmoqda.
Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilishmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgani aytiladi.
TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma'lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.
“Yuqoridagilarni inobatga olib, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchlikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:00
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
13:48
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
09:00
«Gazprom» Rossiyada eng zarar ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqaryapti
23:19 / 03.10.2024