O‘zbekiston | 19:14 / 19.05.2020
21776
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sirdaryoda gazobeton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik zavod ishga tushirilmoqda

Sirdaryo viloyatidagi “METAL BETON SANOAT” MChJ bugungi kunda “NANO” brendi ostida 32 turdagi quruq qurilish qorishmalari va 10 turdagi emulsiya mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.

Korxona 1 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, Turkiya va Italiya davlatlarining OSK kompaniyasi ishlab chiqargan eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 300 ming tonnaga teng.

Korxona ishga tushirilishi natijasida 30ga yaqin kishi ish bilan ta'minlangan. Barcha mahsulotlar Yevropa standartlari va O'z DSt ISO 9001:2015 sertifikatiga asosan sifat menejmenti ostida ishlab chiqariladi.

Bugungi kunda korxona quruq qurilish qorishmalari va emulsiya mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi korxona hisoblanadi.

Mahsulotlar respublikamizning barcha hududlariga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston kabi qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 36 mlrd. so‘mni tashkil qilib, shundan 18 mlrd. so‘mlik mahsulotni eksportga yunaltirish mo‘ljallangan.

Ta'kidlash joizki, “NANO” mahsulotlarining sifat darajasi quruvchi tashkilotlar, mutaxassislar va oddiy iste'molchilar tomonidan doimiy ravishda yuqori baholanib, e'tirof etib kelinmoqda.

Shuningdek, ushbu zavodga tutash hududda, 5 gektar yer maydonida yana bir korxona - “EURASIA GAZ BETON” MChJ tomonidan yirik loyiha - gazbeton mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi ham qurilmoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha Niderlandiyaning AIRCRETE SYSTEMS B.V. kompaniyasi bilan 15 mln. 400 ming yevro qiymatidagi shartnoma imzolangan.

Loyihani amalga oshirish uchun ATB “Mikrokreditbank” bilan tuzilgan shartnomaga asosan, loyihani moliyalashtirish uchun kelishuvga erishilgan bo‘lib, loyihaning 30 foizi miqdoridagi kredit mablag‘lari Niderlandiyaning AIRCRETE SYSTEMS  B.V. kompaniyasiga o‘tkazib berilgan.

Tashkil etilayotgan zavod yiliga 450 ming metr kub gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi, shuningdek 100ga yaqin yangi doimiy ish o‘rinlari yaratilishi mo‘ljallangan.

Loyihani 2021 yil mart oyida ishga tushirilishi belgilangan bo‘lsa-da, ishlarni jadallashtirish hisobiga 2020 yilning noyabr oyida mahsulot ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan.

Zavodning ishga tushishi Sirdaryo viloyatining iqtisodiyoti va qurilish sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘z navbatida ko‘p qavatli uy-joylarni barpo etishda boshqa qurilish materiallariga nisbatan bino vazni yengilligini ta'minlab, ortiqcha og‘irlikning oldini oladi.

Kelgusida, “EURASIA GAZ BETON” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan gazobeton mahsulotlari ichki bozorni ta'minlash bilan bir qatorda, xorijiy qo‘shni davlatlarga eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid