Jamiyat | 13:57 / 20.05.2020
17957
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda sodir bo‘lgan YTH natijasida 19 yoshli qiz vafot etdi

YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 19 may kuni soat 13:30larda, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tgan 4R-76 “Qorako‘l-Yangibozor-Jig‘achi” avtomobil yo‘lining 7-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 y.t. M.J. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981 y.t. N.T. (erkak) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi, 2001 y.t. Z.N. (qiz bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi, 1979 y.t. S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid