Jamiyat | 10:20 / 02.06.2020
10159
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zagrosug‘urta”: mirzaobodlik baliqchining 138 mln so‘mlik zarari qoplandi

Foto: O‘zagrosug‘urta

Umidjon Boybekov toshqin yuz bergandan bir oy o‘tib, shu hafta o‘zining baliqchilik faoliyatini qayta tiklash va  200 gektardan ortiq xavzani tozalashga qaror qildi. Ish ko‘lami ko‘p vaqt va xarajat talab qilgani bois, u zarur texnika vositalari davlat tomonidan bepul ta'minlanishidan umidvor.

—   O‘zbekiston bozordagi eng xaridorgir zog‘ora, amur va do‘ngpeshona baliq turlaridan taxminan 500 tonna yetishtirishni mo‘ljallangan edik. Afsuski,  ko‘rilgan umumiy zarar 3 milliard so‘mdan oshishi mumkin”, deydi telefon orqali suhbatda “Navruz qut baraka” MChJ rahbari U.Boybekov.

Baliqchilik mavsumiy biznes. Shuning uchun fermer xo‘jaligiga muvaqqat ishchilar yollanadi. Mavsumga qarab 5-30 nafargacha ishchi kuchi talab etiladi. Kuzda baliq sotish boshlanadi. Baliq turiga ko‘ra, narx-navosi 25-35 ming so‘m qiymatda sotiladi.

—   Mirzaobod baliqchilikka ixtisoslashgan rayon. Bizning “Mirzacho‘l” mahallamizda yo‘q deganda 40 tacha shunday fermer suv toshqinidan zarar ko‘rdi. Eng yomoni, ularning 50-60 foizida na hovuz va na baliqlar sug‘urtalanmagan. Shundan kelib chiqib, aksariyat tadbirkor va fermerlar faoliyatini davom ettirish uchun Hukumatdan yordam so‘rashga majbur, — deya muammoning boshqa muhim tomoniga e'tibor qaratdi Umidjon aka.  

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati “Navruz qut baraka” MChJga qarashli baliqchilik havzasi va binolariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 138 million so‘mlik sug‘urta qoplamalarini to‘liq amalga oshirdi.

Ta'kidlash joiz, global iqlim o‘zgarishi muammosi favqulodda vaziyat sodir bo‘lishini tobora odatiy holga aylantirmoqda. Qattiq qor-yomg‘ir, do‘l yog‘ishi, haddan tashqari jazirama, qurg‘oqchilik, kuchli shamol, yong‘in yoki toshqin oqibatlari fermer xo‘jaliklarining uylari va tirikchiliklariga tahdid solmoqda.

Fermerlar hamon falokat bilan kurashmoqda. Aqlli tadbirkor bunday kurashni ancha avvalroq boshlaydi. “O‘zagrosug‘urta” AJ garovga qo‘yilgan mulkim uchun tovonni tez fursatda fermer xo‘jaligi hisob raqamiga ko‘chirib berdi. Bu bilan ko‘rilgan zararning bir qismi qoplanadi, xolos. Kech bo‘lsada bildimki, haq qaysi biznesmen favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq hatarlarni doim sug‘urtalashi va moliyaviy xizmatlardan doimo foydalanishi ma'qul. Zero, favqulodda holatlarda davlat yordamiga ko‘z tikish haqiqiy tadbirkor uchun vaziyatdan chiqishning eng maqbul yo‘li emas, deb fikrini yakunladi tadbirkor U.Boybekov.

“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga, ularning bizneslari to‘xtab qolmasligi va moliyaviy holati tezroq tiklanishi uchun aniqlangan zararlar qisqa muddatlarda qoplanishiga e'tibor qaratilmoqda. Xususan, so‘nggi bir oy ichida tabiiy ofatlar uchun to‘langan sug‘urta tovoni qariyb 5 milliard so‘mni tashkil qildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid