Toshkentda toshbaqalarning respublika tabiatiga xos bo‘lmagan turi aniqlandi
Ushbu turdagi toshbaqalarning shahar suv havzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan xam edi, ammo ma'lumot tasdiqlanmagan edi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti bioxilma-xillikni saqlash bo‘limi xodimi Fazlulloxon A'zamov tomonidan Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali o‘rganildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida Bo‘rijar kanalida yovvoyi holda yashab kelayotgan Amerika Qizilquloqli botqoq toshbaqasiga duch kelindi. Toshbaqa suvdan chiqib turgan daraxt tanasida oftobda toblanayotgan vaqtda Zoologiya instituti xodimi Timur Abduraupov tarafidan suratga olindi.
Ushbu turdagi toshbaqalarning shahar suv havzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan xam edi, ammo ma'lumot tasdiqlanmagan edi.
Qizilquloq toshbaqalar akvariumchilar orasida keng tarqalgan tur. Qizilquloq toshbaqa tez katta bo‘lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig‘may qoladi va fuqarolar o‘z toshbaqalarini ochiq suv havzalariga qo‘yib yuboradilar.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024