Jamiyat | 10:03 / 04.06.2020
8204
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda YTH odam o‘limiga sabab bo‘ldi

Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

2020 yil 2 iyun kuni Sho‘rchi tumanida odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Shu kuni soat 13:50da tumanning “Egarchi” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1504-kilometrida, shu mahallada yashovchi M.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini hujjatlarsiz “Denov-Sho‘rchi” yo‘nalishida boshqarib kelib yo‘lning o‘ng qismida velosipedda harakatlanib ketayotgan, tumanning “Oqtumshuq” mahallasida yashagan X.G.ni turtib yuborgan. 

Natijada, X.G. “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, shu o‘rinda bir eslatma, avtoulovni harakatlantirishdan oldin avtoulovni boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning to‘liqligiga hamda uning soz holatda ekanligiga ishonch hosil qiling!

Aks holda yuqoridagi holat kabi o‘zingiz va o‘zgalarning  hayotini xavf ostiga qo‘yishingiz, fojianing qurboni yoki sababchisiga aylanib qolishingiz mumkinligini unutmang!” - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid